Janubiy Koreya 6 yil ichida 1-marta chegara yaqinida otishmalarni amalga oshirdi

Olam

image

Janubiy Koreya olti yil avval keskinlikni kamaytirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar doirasida to‘xtatilgan Shimoliy Koreya chegarasi yaqinidagi mashg‘ulotlar maydonlarida jonli o‘q otish mashqlarini qayta boshladi. Bu haqda “Yonhap“ harbiy bayonotga tayanib xabar bermoqda.

K9 va K105A1 o‘ziyurar gaubitsalari ishtirokidagi mashg‘ulotlar Kyongi va Gangvon provinsiyalaridagi artilleriya poligonlarida bo‘lib o‘tdi. “Yonhap”ning eslatishicha, mashg‘ulotlardan oldin Shimoliy Koreyaning “axlat to‘plarini” uchirish kampaniyalari va chegara orollari yaqinida GPS signallarini buzishga urinishlari tufayli Janubiy Koreya Koreyalararo harbiy kelishuvni to‘xtatib qo‘ygan edi.
 
2018 yilgi kelishuvga ko‘ra, ikki davlat chegaralar yaqinidagi kulrang zonalar deb atalgan hududlarda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaza olmas edi. Shu bilan birga, samolyotlarning tasodifiy to‘qnashuvini oldini olish uchun parvozlar taqiqlangan zonalar belgilangandi.
 
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya iyun oyi boshida Koreyalararo harbiy kelishuvni “o‘zaro ishonch tiklanmaguncha” to‘xtatdi. Bungacha Seul Koreyalararo kelishuvning ayrim bandlarini to‘xtatib qo‘ygan, xususan, harbiy demarkatsiya chizig‘i hududida razvedka faoliyatini tiklagan. Bu KXDRning birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishiga javob bo‘ldi.
 
Shundan so‘ng Pxenyan kelishuv bo‘yicha to‘xtatilgan barcha harbiy choralarni zudlik bilan davom ettirishini aytdi va demarkatsiya chizig‘i bo‘ylab yana askarlar va qurollarni joylashtirishni boshladi. Iyun oyi oxirida Shimoliy Koreya ham Janubiy Koreya va uning ittifoqchilarini “Osiyo NATOsi”ni yaratishda aybladi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya KXDR GPS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing