Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilaridan ramziy jamoa tuzildi
Sport
−
17 yanvar 2023
3576Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS ) Janubiy Amerikaning 2022 yildagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi. Jamoa tarkibidan 7 nafar argentinalik va 4 nafar braziliyalik futbolchi joy oldi.
IFFHS talqini bo‘yicha Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilaridan iborat to‘liq ramziy terma jamoa quyidagicha:
Darvozabon: Emiliano Martines (Argentina, “Aston Villa”);
Himoyachilar: Nikolas Otamendi (Argentina, “Benfika”), Tiago Silva (Braziliya, “Chelsi”), Kristian Romero (Argentina, “Tottenxem”);
Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul (Argentina, “Atletiko”), Neymar (Braziliya, PSJ), Kazemiro (Braziliya, MYU), Enso Fernandes (Argentina, “Benfika”);
Hujumchilar: Vinisius Junior (Braziliya, “Real”), Xulian Alvares (Argentina, “Manchester Siti”), Lionel Messi (Argentina, PSJ).
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Fransiyani mag‘lubiyatga uchratib, mundial g‘olibiga aylandi. Braziliya terma jamoasi esa Qatar mundialidagi ishtirokini 1/8 finalida to‘xtatgandi.
LiveBarchasi