Jangga tashna Chimayev Leonga raqib bo‘lmoqchi

Sport

image

UFC yarimo‘rta vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan 27 yoshli shvetsiyalik Hamzat Chimayev (10-0) joriy yilning dekabr oyida 30 yoshli Britaniya vakili Leon Edvards (19-3) bilan jang qilishga tayyor. Agar tashkilot ushbu bahsni tasdiqlasa, Chimayev jarohati sababli turnirda ishtirok eta olmaydigan Xorxe Masvidalning o‘rnini egallaydi.

“Kel, buni amalga oshiraylik”, deya yozgan Chimayev o‘z Twitter sahifasida.

Bunga qadar Chimayev va Edvards o‘rtasidagi duel uch marta bekor qilingan. Dastlab jangchilar 2020 yil 19 dekabrda jang qilishlari kerak edi, ammo Edvardsda koronavirus aniqlangani tufayli bahs 20 yanvarga ko‘chirilgan. So‘ngra Chimayev koronavirus bilan kasallangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev so‘nggi bor joriy yilning 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida Xitoy vakili Li Jinliangni birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasidayoq bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Edvards esa, iyun oyida o‘tkazilgan UFC 263 turnirida Neyt Diasni mag‘lubiyatga uchratgan.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida mutlaq chempion P4P reytingi yetakchisi Kamaru Usman hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Xamzat Chimaev Leon Edvards Xorxe Masvidal'

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing