Jangarilar hujum qilsa, O‘zbekiston Qurolli kuchlari eplashiga ishonamiz — Kabulov
Jamiyat
−
26 iyul 2021
22969Jangarilar tomonidan O‘zbekistonga hujum bo‘lsa, mamlakat Qurolli kuchlari amallaydi. Bu haqda Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov “Exo Moskvi”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan kelgan jangarilar agar Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududiga kirib borsa, mavjud hujjatlar va kelishuvlarga muvofiq Rossiya ularga qarshi chiqadi.
Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, o‘z navbatida, O‘zbekistonning o‘z Qurolli kuchlari borligini esdan chiqarmaslikni ta’kidlagan.
“Birinchidan, O‘zbekiston o‘z Qurolli kuchlariga ega ekanini esdan chiqarmaslik kerak. Aytishlaricha, yomon emas. O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi esa 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu esa harbiy harakatlar “teatri”, allaqachon, cheklanganini anglatadi. Agar jangarilar tomonidan bosqin yuz bersa, O‘zbekiston Qurolli kuchlari amallashiga ishonamiz. Agar eplay olishmasa, ularda o‘z ittifoqchisiga murojaat qilish huquqi bor”, deydi Kabulov.
Foto: Zamir Kabulov
Shuningdek, Kobulov “Tolibon” jangarilari tomonidan Afg‘onistonning O‘zbekiston yoki Tojikiston bilan chegarasini kesib o‘tishga qaratilgan biron bir urinish yoki faktlar mavjud emasligini qayd etgan.
Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik
Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi.
Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Avstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.
Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr