Jamshid Xo‘jayev Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ladi

Jamiyat

image

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Bugun, 16 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xo‘jayev nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Ma’lumot uchun, Jamshid Xo‘jayev 1979 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2000 yil) va Buyuk Britaniya Birmingem universiteti (2003 yil) ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi. 

Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti direktori (2009-2017 yillar), O‘zmilliybank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari (2017-2017 yillarda), O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish Inspeksiyasi boshlig‘i (2017 yilda), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri (2017-2019 yillar) lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Xo‘jayev 2019 yil 28 yanvardan beri qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing