Jambildagi YTH qurbonlarining jasadi O‘zbekistonga olib kelinmagan

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 20 aprel kuni soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi “Chimkent- Olma-ota” trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l- transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda avtobusdagi 49 nafar yo‘lovchidan 11 nafari halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari o‘zbekistonliklar.

YTH oqibatida vafot etganlar – O‘rinboy Mirhamid o‘g‘li Abduxoliqov, Dilorom Abduxoliqovna Yormekboyeva, Alisher Safarbayevich Kalmuratovning jasadlari O‘zbekistonga olib kelinmagan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, vafot etgan fuqarolarning jasadlari ustidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Jarayon to‘liq yakunlanganidan so‘ng, jasadlar O‘zbekistonga olib kelinadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutaxassislaridan iborat Hukumat komissiyasi tuzilib, Komissiya a’zolari shu kunning o‘zida yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga yordam berish, ularni O‘zbekistonga olib kelish hamda favqulodda vaziyatning ro‘y berish sabablarini o‘rganish uchun voqea joyiga maxsus bortda uchib ketishdi.

Kechaning o‘zida YTHda jabrlanganlar ushbu maxsus bortda O‘zbekistonga olib kelindi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Soat 12:00  gacha ularning 2 nafariga murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lsa, ayni paytda  yana 3 nafar bemor operatsiya stoliga olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH FVV Jambil

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing