Jalolovning azaliy raqibi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Qozog‘istonlik bokschi Qamchibek Konkabayev faoliyatini tugatdi. Bu haqda Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov ma’lum qildi.

Satjanovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston boksida yaxshigina obro‘-e’tibor qozongan Qamchibek Konkabayev qo‘lqoplarini mixga ildi. 33 yoshli Konkabayev Tokio Olimpiadasining bronza medali sohibi hisoblanadi. U, shuningdek, ikki karra JCH finalchisi, to‘rt karra Osiyo chempionati finalchisi hisobanadi. Konkabayev Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Konkabayev Parij Olimpiadasida 1-bosqichdayoq ispaniyalik Ayub Gadfega imkoniyatni boy bergandi. U havaskor boksda Bahodir Jalolovning azaliy raqibi hisoblanardi. Raqiblar ringda o‘zaro 10 marotaba to‘qnash kelgan. Shundan Bahodir 7 ta jangda g‘alaba qozongan. Qamshibek 3 ta jangda ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Bahodir Jalolov Qamchibek Konkabaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing