Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

30 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. 

“Jaloliddin Masharipov yaqin ikki-uch kun ichida Tehronda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov faoliyati davomida BAAning “Shabab Al-Ahli”, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” va Gretsiyaning “Panserraikos” kabi xorij klublarida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qanot hujumchisi oxirgi jamoasi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgani xabar qilingandi. 

Masharipov “Panserraikos”da jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta assist muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istiqlol Eron Jaloliddin Masharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing