Jaloliddin Manguberdining Yada toshi Buyuk Britaniyadan topildi

Bu qiziq

image

1200–1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan Jaloliddin Manguberdiga tegishli Yada toshi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tosh o‘ymakorlik va gravyurali ishlanish texnikasida tayyorlangan bo‘lib, islom madaniyatiga oiddir. 

Uning o‘lchamlari quyidagicha: 

  • balandligi - 29 sm 
  • kengligi - 50 sm 
  • qalinligi - 32 sm 
  • og‘irligi - 42,5 kg 

Tosh Eron hududidan topilgan va aksiyada sotib olingan. U muzeyda №1990.06.12.1 raqami bilan qayd qilingan bo‘lib, milodiy 1230-1231-yilda ishlangani keltirilgan. 

Eksponatga “mazkur tosh Jaloliddin Xorazmshoh umrining oxirgi yillaridagi sharqiy Turkiya, shimoli-g‘arbiy Eron va Ozarbayjondagi harbiy yurishlaridan xabar beradi”, degan ta’rif berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jaloliddin Manguberdi Yada toshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing