Shavkat Mirziyoyev Urganchda Manguberdi haykali ochilishida qatnashadi
Jamiyat
−
29 avgust 2022 15070 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbari Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan barpo etilib, Jaloliddin Manguberdining 25 metrli haykali qurilishi aytilgandi.
Live
BarchasiRyutte NATOni futbolga o‘xshatdi
07 iyul