Jahonning eng yaxshi darvozaboni e’lon qilindi

Sport

image

Dunyoning eng yaxshi darvozabonlari reytingida 1-o‘rinni “Liverpul”ning 31 yoshli darvozaboni Alison Bekker egalladi. Bu haqda “Four-Four-Two” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” vakili Ederson ro‘yxatning 2-o‘rinida joylashgan. Kuchli uchlikni “Barselona” vakili Mark-Andre ter Shtegen yakunladi.

Top-10:

1. Alison Bekker (“Liverpul”);

2. Ederson (“Manchester Siti”);

3. Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”);

4. Mayk Menyan (“Milan”);

5. Manuel Noyer (“Bavariya”);

6. Janluiji Donnarumma (PSJ);

7. Yan Oblak (“Atletiko Madrid”);

8. Emiliano Martines (“Aston Villa”);

9. Yan Zommer (“Inter”);

10. Tibo Kurtua (“Real”).

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Alison barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda qatnashib, shundan 11tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, posbonning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Alison Bekker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing