Jahongir Otajonovning gaplarida tuhmat va haqorat alomatlari mavjud — IIBB unga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro Jahongir Safarboyevich Otajonovning turli nomaqbul chiqishlari fuqarolarning o‘rinli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 iyun kuni Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektori tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Gentra rusumli transport vositasi to‘xtatib tekshirilganda Olmazor tumani, Tansiqboyev ko‘chasida yashovchi fuqaro Alisher Safarboyevich Otajonov Jahongir Otajonovning ukasi) boshqaruv huquqini beruvchi xujjatlari bo‘lmagani sababli avtoulov jarima maydoniga joylashtirilgan hamda ayni vaqtga qadar tegishli xujjatlar taqdim etilmayotganli sababli vaqtincha saqlanmoqda. 

“Hozirda fuqaro Jahongir Otajonov o‘zining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga urinishlari nomoyon bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.

IIBB xabariga ko‘ra, mazkur fuqaroning harakatlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi va jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda axborot taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing