Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 609-sonli qarori bilan Sardor Mahmudjonovich Abdullayev poytaxt hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari - Departament rahbari etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun qayd etish joiz, Sardor Abdullayev 1983 yil 27 dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

2001-2007 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Bugunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatining mudiri vazifasida ishlab kelgan.. 


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Sardor Abdullaev

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing