Jahongir Ortiqxo‘jayev yana Toshkent shahar hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtlarda 6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar hokimligiga taqdim etilgan nomzod muhokama qilindi. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan muhokamalardan so‘ng, Jahongir Ortiqxo‘jayev yana Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi. 2019 yilning 21 dekabr kuni u poytaxt hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

•    1996-2011 yillarda “Jahongir” MCHJ direktori;
•    2011-2017 yillarda “Artel Injiniring” MCHJ direktori;
•    2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi DUK rahbari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

495

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing