Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” rahbariyati bilan uchrashdi

Sport

image

Bugun, 21 may kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” futbol klubi boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkazilgani munosabati bilan jamoa rahbariyati, asosiy tarkib va klub vakillari bilan uchrashish uchun “Paxtakor” stadioniga bordi.

Unda Toshkent shahar hokimi futbolchilarga “Paxtakor” jamoasi hamisha o‘zbek futboli faxri bo‘lib kelgani, bundan buyon klubda barcha sharoitlar muhayyo etilishini ma’lum qildi. 

Uchrashuvda jamoa O‘zbekistonda yetakchilikni saqlab, Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibiga aylanish maqsadida harakatlarini muntazam kuchaytirib borishiga urg‘u berilgan.

Hokim OCHLda g‘alaba qozonishi uchun klubga barcha zarur sharoitlar yaratib berilishi, yosh futbolchilar va akademiyaga e’tibor qaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tgan. 

Ortiqxo‘jayev klubda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbariyat va xodimlar ishga professional munosabatda bo‘lib, oxirgi yillarda klubni yuqori darajaga olib chiqishda faol mehnat qilayotgani va katta hajmda ishlar bajarilganini e’tirof etgan.

Uchrashuv yakunida “Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Yegor Krimets minnatdorchilik sifatida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga “Paxtakor”ning birinchi raqamli libosini taqdim etishdi.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Paxtakor” klubi Toshkent shahar hokimligi boshqaruviga o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing