Jahon kubogida o‘zbekistonlik qilichbozlar tengsiz bo‘ldi

Sport

8
0:00
0:00
download

Kecha, 21 noyabr kuni Toshkentda start olgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida jamoaviy bahslar o‘tkazildi va unda O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Dastlab Misr jamoasini 45:21 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan qilichbozlar yarim finalda bolgariyalik raqibalaridan 45:36 hisobida ustun kelishdi. Finalda kutilganidek O‘zbekiston va Rossiya yoshlari o‘zaro bahs olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda Zaynab Dayibekova yetakchiligidagi sablyachilar 45:36 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Jamoaviy dasturda Dayibekovadan tashqari Gulistan Perdiboyeva, Samira Shokirova hamda Venera Isroilova O‘zbekiston sharafini  himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning yakkalik bahslarida 19 yoshli Zaynab Dayibekova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. 

Shu tariqa, ikki kun davom etgan Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon kubogi Zaynab Dayibekova Fencing

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing