Jahon chempioniga Malibu sovg‘a qilindi (video)
Sport
−
15 may 2023 34966 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining -63,5 kg vaznida O‘zbekiston vakili Ruslan Abdullayev finalda mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Batarsuxni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ruslan Abdullayevga Malibu avtomobili berilgani tasvirlangan video tarqaldi. Aytilishicha, Abdullayevga avtomobilni Qibray tumanidagi tadbirkor mahalladoshi sovg‘a qilgan.
Ma’lumot uchun, Ruslan Abdullayev 2002 yilda Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Qipchoq” mahallasida tug‘ilgan. Abdullayev o‘tgan yili Amman shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medal bilan 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari JCHdan jami 1 million 300 ming AQSH dollari ishlab oldi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr