Jahon chempionatining eng yaxshilari aniqlandi
Sport
−
20 iyul 13394 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda kecha, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tgan finaldan so‘ng ma’lum qilindi.
Futbolchi turnir davomida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. Ispaniya finalda qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionligiga erishdi.
Ispaniyalik Unai Simon Jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Uning hamyurti, himoyachi Pau Kubarsi esa eng yaxshi yosh o‘yinchi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe turnirning eng yaxshi to‘purari deb e’tirof etildi.
30 yoshli Rodri 2019 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelmoqda. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Atletiko Madrid” va “Vilyarreal” klublarida ham o‘ynagan.
Rodri “Manchester Siti” bilan to‘rt karra Angliya chempioni, uch karra Angliya Liga kubogi, ikki karra Angliya kubogi, ikki karra UEFA Superkubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.
Ispaniya terma jamoasi safida esa Rodri 2024 yilgi Yevropa chempionati va 2023 yilgi Millatlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi