Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilishga birinchi raqamli da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda Angliyaning “Goal” nashri yozmoqda.

Ikkinchi o‘rindan Fransiya terma jamoasini g‘oliblik sari boshlayotgan Kilian Mbappe o‘rin olgan. Mbappe Messining klubdagi jamoadoshi hisoblanadi. Ikkisi ham PSJ sharafini himoya qiladi.

Kuchli uchlikka yana bir fransiyalik futbolchi Antuan Grizman yakun yasab bergan. “Atletiko Madrid” hujumchisi ushbu mundialda Fransiyani harakatga keltiruvchi “motorga” aylangan. Ko‘pchilik jurnalistlar va mutaxassislar aynan Grizmanni Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi demoqda.

“Goal” talqiniga ko‘ra, JCH-2022ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Lionel Messi (Argentina);

2. Kilian Mbappe (Fransiya);

3. Antuan Grizman (Fransiya);

4. Sofyan Amrabat (Marokash);

5. Ashraf Xakimi (Marokash);

6. Nikolas Otamendi (Argentina);

7. Xulian Alvares (Argentina);

8. Olive Jiru (Fransiya);

9. Brunu Fernandesh (Portugaliya);

10. Risharlison (Braziliya).

Ma’lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati yakunlanishiga bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuv qoldi. 17 dekabr kuni Xorvatiya va Marokash uchinchi o‘rin uchun bellashuvda maydonga tushadi. Argentina va Fransiya ishtirokidagi final esa 18 dekabrga belgilangan. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing