Jahon chempionatining asosiy favoritlari aniqlandi

Sport

image

Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan 2026 yilning futbol bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibligining asosiy da’vogari aniqlandi. Opta superkompyuteri musobaqa oldidan ishtirokchi jamoalarning g‘olib bo‘lish ehtimolini o‘rganib chiqdi.

Superkompyuter ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Luis de la Fuente shogirdlarining chempionlik imkoniyatlari 17% deya baholangan. Opta Fransiyaga 14,1% imkoniyat, Angliyaga esa 11,8% imkoniyat beradi. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa 8,7% imkoniyatga ega deb baholangan.

Fabio Kannavaro boshchiligida o‘zining debyut mundialida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlari esa 0.2 % deya baholangan.

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi.  O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada 3-savatchadan o‘rin oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Goal” nashri 2026 yilgi Jahon chempionatida terma jamoalar imkoniyatlarini baholab, O‘zbekiston milliy terma jamoasi favoritlar reytingida 25-o‘rinda belgilagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati favoritlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing