Jahon banki Prezidenti xususiy kreditorlarni yordamga chaqirdi

Olam

image

Jahon banki Prezidenti Devid Malpass xususiy kreditorlarni G20 (katta yigirmatalik) tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi. U kambag‘al mamlakatlarning kreditlarini muzlatish masalasida shunday qaror qabul qilgan. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda.

Malpass may oyida kiritilgan moratoriyni 2021 yil oxirigacha uzaytirish zarurligini ta’kidlagan va Xitoydan ko‘p harakat talab qilgan.

"Bizda hali anchagina qilinadigan ishlar bor. Bu tashabbusga tijorat kreditorlari, shu jumladan banklar va xedj fondlar qo‘shilishi kerak edi. Afsuski, ular bunday yo‘l tutishmadi. Hattoki ikki tomonlama rasmiy kreditorlar ham to‘liq ishtirok etishmadi", degan Malpass. 

Jahon banki rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda tanazzul kutilganidan ham yomonroq bo‘lgan. Malpass G20 tashabbusi Pekin va xususiy kreditorlarning ozgina yordami bilan kambag‘al mamlakatlarning yukini qisman yengillashtiradi, degan fikrda. 

Ma’lumot uchun, shu haftada Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi yillik uchrashuvlarini virtual formatda o‘tkazishi kutilmoqda. Kutilganidek, tadbirlarning asosiy mavzusi o‘sib borayotgan qarz majburiyatlari bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

bank kreditor malpass

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing