Jahon banki Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi vitse-prezidentni tayinladi
Jamiyat
−
05 may 2020
3409Joriy yilning 1 mayidan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti shvetsiyalik Anna Berde bo‘ldi. Berde Jahon bankining O‘zbekiston bilan ishlashi uchun ham javob beradi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma’lum qildi.
Anna Berde yangi lavozimida Jahon bankining strategik va tahliliy ishlariga rahbarlik qiladi. U Siril Myuller o‘rnini egallagan.
Anna Berde xonim vitse-prezident lavozimiga tayinlangani va rejalari haqida izoh berib, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezident sifatida mintaqa davlatlari hukumatlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Jahon banki yaqin vaqtda e’tiborini odamlar salomatligi va iqtisodiyot uchun COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kurashishga qaratadi.
Berdening so‘zlariga ko‘ra, JB odamlar va ularning yashash uchun mablag‘larini himoyalashga qaratilgan loyihalarga moliyaviy yordam ajratishni ko‘rib chiqyapti.
Hozirgacha Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun 1,4 mlrd dollar ajratgani ta’kidlandi.
Mablag‘lar tibbiyot buyumlari, ekspress testlar, respirator va o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlari sotib olish uchun ajratilgan.
LiveBarchasi