“Zenit” - “Spartak” o‘yinida katta janjal sodir bo‘ldi (Video)
Sport
−
28 noyabr 2022 3368 1 daqiqa
Rossiya kubogi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Zenit" va "Spartak" o‘yinidan so‘ng ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi.
Bosh hakam Vladimir Moskalevning yakuniy hushtagi chalinganidan so‘ng darhol "Zenit" yarim himoyachisi Vilmar Barrios va "Spartak" hujumchisi Kuinsi Promes o‘zaro tortishib ketdi. Janjalga ikkala jamoaning boshqa o‘yinchilari ham aralashdi.
"Zenit" himoyachisi Rodrigao Nikolson ("Spartak")ga oyog‘i bilan zarba berdi. Nikolson esa Rodrigaoga musht tushirdi. Aleksander Sobolev Barrios bilan janjallashib ketdi.
VAR'ni ko‘rgan hakam Aleksandr Sobolev, Shamar Nikolson, Aleksandr Selixov (barchasi "Spartak"), Vilmaru Barrios, Rodrigao va Malkom (barchasi "Zenit"), jami 6 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
O‘yin yakunida, penaltilar seriyasida "Zenit"ning qo‘li baland keldi.
Live
Barchasi