Taniqli futbolchi Ukraina Prezidentining “qora ro‘yxati”ga tushdi
Sport
−
09 yanvar 2023
7105Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 119 kishiga nisbatan sanksiya va boshqa cheklov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ro‘yxatdan Ukraina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Zenit" murabbiyi Anatoliy Timoshuk ham o‘rin olgan. Bu haqda Ukraina Prezidentining rasmiy sayti xabar berdi.
43 yoshli Timoshukning barcha aktivlari bloklandi. Unga Ukraina hududi bo‘ylab parvoz qilish butunlay taqiqlandi, shuningdek, ilgari olingan barcha davlat mukofotlari va boshqa mukofot turlaridan mahrum etildi. Sanksiyalar ro‘yxatida jami 14 ta band mavjud bo‘lib, cheklovlar 10 yil davomida amal qiladi.
Anatoliy Timoshuk Ukraina terma jamoasida 144 marta maydonga tushgan. U futbolchilik faoliyatini 2017 yilning fevralida yakunlagan va bir oy o‘tib "Zenit" murabbiylar shtabiga qo‘shilgan.
Avvalroq, sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov Zelenskiyning qaroriga o‘z munosabatini bildirgandi.
LiveBarchasi