“Zenit”ning sobiq futbolchisi vafot etdi
Sport
−
18 Sentabr 2019
4837Sankt-Peterburgning "Zenit" futbol klubi va Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, amyotrofik lateral sklerozdan aziyat chekkan Fernando Riksen bugun, 18 sentyabr kuni 43 yoshida Shotlandiyada vafot etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Sportchi Shotlandiyada davolanayotgan edi. 2013 yilda Riksenga amyotrofik lateral skleroz tashxisi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha,mazkur kasallikka davo yo‘q. Kasallik aniqlangandan keyin o‘rtacha umr ko‘rish 3-5 yilni tashkil etadi. Biroq ingliz nazariy fizigi Stiven Xoking shunga o‘xshash kasallik bilan 55 yil yashab, 2018 yil 14 martda 76 yoshida vafot etgan.
Riksen Gollandiyaning "Fortuna" (1994-1997, 2010-2013), AZ (1997-2000), Shotlandiya Reynjers (2000-2006) va "Zenit" (2006-2009) klublarida o‘ynagan. "Zenit" tarkibida u Rossiya chempioni (2007) va Rossiya superkubogi (2008), UEFA kubogi va UEFA superkubogi sohibiga aylandi.
2013 yil kuzida Riksen "Jangchi ruhi" nomli avtobiografiyasini chiqardi. 2014 yilda u Shotlandiyaning Reynjers klubining Shon-sharaf zaliga kiritildi.
Riksen Gollandiya bilan 12ta o‘yinda maydonga tushgan.
LiveBarchasi