Zelenskiyning Yevropa bo‘ylab safari Londonda davom etadi

Olam

image

Bugun, 15 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Ukraina davlat rahbari Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bugun – London. Buyuk Britaniya yerda va osmonda imkoniyatlarimizni kengaytirishda yetakchi hisoblanadi. Bugun bu hamkorlik davom etadi. Men do‘stim Rishi bilan uchrashaman”, deb yozgan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Londonga safari davomida mohiyatli yakkama-yakka muzokaralar ham o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak o‘zining Telegram-kanalida 15 may kuni Londonda muhim uchrashuvlar bo‘lishi, ularda Ukraina mudofaasini kuchaytirish va NATOdagi harakatimizni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinishini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 may kuni Zelenskiy Parijda bo‘lib, u yerda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgandi. Undan oldin u Germaniyaga borib, Kiyevga harbiy yordamni oshirish masalasini muhokama qildi. Ukraina Prezidenti Rim va Vatikanda ham bo‘lib, Italiya rahbariyati va Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina Zelenskiy Rishi Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing