Zelenskiyning Twitter'dagi bayonotlari NATO sammitidagi AQSH delegatsiyasini g‘azablantirdi
Olam
−
12 iyul 2023
15970Vilnyusdagi NATO sammitida ishtirok etayotgan AQSH rasmiylari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Twitter'dagi bayonotidan g‘azablandi. Bu haqda kecha, 11 iyul kuni “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Litva poytaxtida NATO sammitining birinchi ish kuni yakunlangach, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg tomonidan yakuniy bayonot e’lon qilingan. Unga ko‘ra, sammit ishtirokchilari Ukrainadan NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakat rejasini bajarishni talab qilmaslikka qaror qilgan, shuningdek, mamlakatga ko‘p yillik harbiy yordam dasturini ma’qullagan. NATO davlatlari Kiyevni ittifoqqa “barcha shartlar bajarilganda” taklif qilishga va’da bergan, biroq bungacha Ukrainadagi urush tugashi kerak. Shundan so‘ng, Zelenskiy NATO Vilnyusdagi sammitda Kiyevni alyansga taklif qilish muddati bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilmoqchi emasligidan noroziligini bildirgan. U Ukraina hurmatga loyiq ekani, hamkorlarning “noaniqligi”ni esa zaiflik deb bilishini aytgan.
Ma’lum qilinishicha, AQSH delegatsiyasi a’zolari Zelenskiyning tvitidan norozi bo‘lgan. Ukraina yetakchisining Twitter'dagi bayonotlari Kiyev uchun g‘alaba qozonganini his qilgan alyansdagi Ukraina tarafdorlarining hafsalasini pir qilgan.
NATOning bir qancha davlatlaridan kelgan diplomatlarning aytishicha, Zelenskiy tvitdan muzokaralar vositasi sifatida foydalangan. Shu orqali Ukraina rahbari alyansga iloji boricha maksimal bosim o‘tkazishga uringan.
Ma’lumot uchun, bugun, 12 iyul kuni NATO sammitining ikkinchi kuni davom etmoqda. Buning doirasida Zelenskiy bir qancha davlatlar yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi