Zelenskiyning rafiqasi koronavirusga chalindi
Olam
−
12 iyun 2020
5962Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskayada koronavirus aniqlandi. Bu haqda u o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.
"Bugun men koronavirus testidan musbat javobini oldim. Ayniqsa, mening oilam va men barcha qoidalarga amal qilishimizni hisobga olsak bu kutilmagan yangilik", deydi Zelenskaya.
Birinchi xonim o‘zini yaxshi his qilayotganini, hozirda ambulatoriya sharoitida davolanayotganini va oilaning qolgan a’zolaridan ajratilganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Zelenskiyning o‘zi va ularning ikki farzandida COVID-19 tasdiqlanmadi.
Ukraina rahbarining rafiqasi "xavf o‘tdi" deb o‘ylamaslikka chaqirdi. U tibbiy niqob kiyishning muhimligini esladi. Chunki COVID-19 asemptomatik bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa odamlarda yuqtirish ehtimoli bor.
LiveBarchasi