Zelenskiyda koronavirus aniqlandi

Olam

image

Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga chalindi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

"Dunyoda bironta baxtli odam yo‘qki, ular uchun COVID-19 tahdid solmasa. Barcha karantin choralariga qaramay, men ham musbat natija oldim. Menda harorat 37,5 va barchaga 36,6 tilayman! Ammo, o‘zimni yaxshi his qilyapman. O‘zimni izolatsiya qilishga va ishlashda davom etishga va’da beraman. Ko‘pchilik COVID-19 ni yengib chiqadi. Va men ham buni boshdan kechiraman. Hammasi yaxshi bo‘ladi!", deb yozadi Prezident 

OAVning qayd etishicha, Zelenskiyning rafiqasi Yelena joriy yilning iyun oyida koronavirus bilan kasallangan.

Ayni vaqtda Ukraina hafta oxirida karantin e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda mamlakat rahbari ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, vaqtincha karantin ortidan Hukumat bemorlar soni kamayishi va yetarli darajada o‘rinlar tashkil etishga erishadi. 

Ta’kidlanishicha, “hafta oxiri karantini”da shanba kuni soat 00:00 dan boshlab dushanba 00:00 gacha mamlakatda faqat oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, transport, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va veterinariya klinikalari ishlaydi.

Restoranlar taomlarni faqat yetkazib beradi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi savdo va ko‘ngilochar markazlarni yopishni va ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslikni tavsiya qilmoqda. 

Ayni vaqtda Ukrainada koronavirusga chalinganlar 483 153 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 8 812 nafari vafot etgan, 217 716 nafar sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

56

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing