Zelenskiy va Mitsotakisning tashrifi chog‘ida Odessa raketa hujumiga uchradi

Olam

image

Odessa Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning shaharga tashrifi chog‘ida Rossiya tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Raketa delegatsiyadan 500-800 metr uzoqlikda qulagan. Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchuk hujum port infratuzilmasini nishonga olganini aytdi. Raketa zarbasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

2022 yil fevralida Rossiya bosqinidan keyin birinchi marta mamlakatga tashrif buyurgan Gretsiya Bosh vaziri delegatsiya safari davomida sirena va katta portlash ovozini eshitganini aytdi.

“Menimcha, bu biz uchun haqiqiy urush ketayotganini juda aniq eslatib turibdi”, deydi Mitsotakis.

U Yevropa yetakchilarini urushning tinch aholiga ta’sirini ko‘rish uchun Ukrainaga tashrif buyurishga chaqirdi.

“Biz bugun nafaqat eshitdik, balki bu zarbani ko‘rdik. Ko‘ryapsizmi, biz kim bilan ish tutyapmiz, ularga qayerga zarba berishni farqi yo‘q”, degan Vladimir Zelenskiy Gretsiya Bosh vaziri bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy-dengiz kuchlari dronlari joylashgan angarga hujum qilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Ukrainaning Qora dengizdagi port infratuzilmasi Rossiyaning doimiy hujumlari nishoniga aylangan, bu hujumlar o‘tgan yilning iyul oyi o‘rtalarida Moskva Ukraina g‘allasini xavfsiz tashish imkonini beruvchi BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuvdan chiqqanidan keyin kuchaygan. O‘shandan beri Rossiya Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga 880 dan ortiq dron hujumlari va 170 dan ortiq raketa zarbalarini amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gretsiya Ukraina Vladimir Zelenskiy Odessa Kiriakos Mitsotakis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing