Zelenskiy va mehmonlari Trampga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Joriy yilning 12 may kunidan boshlab Ukraina 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor. Bu haqda bugun, 10 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kiyevga borgan yevropalik siyosatchilar tinchlik sa’y-harakatlari bo‘yicha AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti davomida ma’lum qildi.

“Ukraina va uning ittifoqchilari joriy yilning 12 may kunidan boshlab 30 kun davomida quruqlik, havo va dengizda o‘t ochishni to‘liq so‘zsiz to‘xtatishga tayyor”, degan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga yevropaliklar va Zelenskiyning Tramp bilan muloqoti yakunlkangandan so‘ng.

Shuningdek, u Kiyevga borgan Yevropa siyosatchilari – Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Polsha va Buyuk Britaniya Bosh vazirlari Donald Tusk va Kir Starmer Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan samarali telefon suhbati o‘tkazganini aytgan. Muloqotda tinchlikka erishish uchun katta bir qadam qo‘yilgani aytilgan.

“Agar Rossiya rozi bo‘lsa va samarali monitoring ta’minlansa, uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish va ishonchni rivojlantirish choralari tinchlik muzokaralariga yo‘l ochishi mumkin”, degan Sibiga.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 may kuni Ukraina poytaxti Kiyev shahrida Ukrainaning Rossiya bosqinidan himoyalanishda harbiy yordamni davom ettirishga tayyor bo‘lgan hamkorlari – “ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing