Zelenskiy urush vaqtida saylovni o‘tkazishga tayyorligini aytdi, biroq sharti bor

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat davrida saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini aytdi.  Bu haqda u Britaniyaning “Channel 4 News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, urush sharoitida ovoz berishga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni yengib o‘tish mumkin bo‘lsa, saylovlar o‘tkaziladi.

“Mana mening javobim: agar ertaga qila olsam, ertaga qilardim... Vaziyatni va qonunni o‘zgartirishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlik saylovlari uning xohishiga ko‘ra emas, balki qonun talabiga ko‘ra qoldirilmoqda. Ukraina qonunchiligi Prezidentga emas, balki butun institutlarga saylov o‘tkazishni taqiqlaydi.

Uning aytishicha, ishg‘ol qilingan hududlarda saylovlarni qanday o‘tkazish masalasi qolgan.

"Agar buni qilish mumkin bo‘lsa ham, bosib olingan hududlarni nima qilish kerak? Xorijda olti milliondan ortiq odam bo‘lsa va afsuski, onlayn saylovlar formati yo‘q bo‘lsa, saylovlarni qanday o‘tkazish kerak?", deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyidan boshlab siyosiy doiralarda Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi 2024 yil mart oyida saylov o‘tkazish niyatida ekani haqida doimiy mish-mishlar tarqala boshladi. Ayrim hukumat amaldorlari ham bu imkoniyatni tan olishgan.

Biroq, bu mamlakatda juda kuchli siyosiy keskinlikni keltirib chiqardi. Zelenskiyning ko‘plab raqiblari saylovlarni prezidentni o‘zgartirish imkoniyati sifatida ko‘rishgan. Bundan tashqari, saylovda amaldagi davlat rahbarini mag‘lub etishi mumkin bo‘lgan potensial nomzod ham bor edi: Ukraina Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Valeriy Zalujniy.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing