Zelenskiy urush boshlangandan beri ilk marta Germaniyaga bordi

Olam

image

Bugun, 14 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya poytaxti Berlinga bordi. Bu haqda u o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Allaqachon Berlindaman", degan u Twitter'ida.

Avvalroq esa u Germaniyaga ketayotganiga ishora qilib “Berlin. Qurol, Kuchli paket. Havo mudofaasi. Qayta qurish. Yevropa Ittifoqi. NATO. Xavfsizlik” deya tvit qoldirgandi.

N-TV telekanaliga ko‘ra, Zelenskiyni Germaniya kansleri Olaf Shols qabul qiladi. Keyin Ukraina rahbari Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashadi.

Shundan so‘ng Zelenskiy Axenga borishi va u yerda Buyuk Karl mukofoti bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. Bu mukofot 1950 yildan beri Yevropa birligiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga berib kelinadi.

Ma’lumot uchun, bu Zelenskiyning Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Germaniyaga birinchi tashrifidir.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 may kuni Prezident Vladimir Zelenskiy Rimga tashrif buyurdi. Safari doirasida Italiya Prezidenti Sergio Mattarella, Bosh vazir Jorjia Meloni va Rim Papasi Fransisk bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya urush Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing