Zelenskiy Ukrainaning katta qo‘mondonini ishdan oldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Yuriy Sodolni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Prezidentning yozishicha, ushbu lavozimga Brigada generali Andrey Gnatov tayinlangan. Biroq davlat rahbari nima sababdan bu qarorga kelganiga izoh keltirmagan. Shu o‘rinda Sodolning qaysi lavozimga qo‘yilishi ham ochiqlanmagan.

“Harbiylar bilan ertalabki yig‘ilish bo‘ldi. Unda Bosh qo‘mondon, Bosh shtab boshlig‘i va Mudofaa vaziri ham qatnashdi. Biz muhim sohalardagi vaziyatni muhokama qildik, hozirda asosiy e’tibor Donetsk viloyatiga qaratilgan va askarlarimizni  barcha zarur narsalar bilan ta’minladik. Biz Qurolli kuchlar tarkibidagi kadrlar masalalarini ham muhokama qildik. Men mamlakat Birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Yuriy Sodolni brigada generali Andrey Knatov bilan almashtirishga qaror qildim. Shuningdek, bugun Rossiyaning Pokrovskdagi raketa zarbasi oqibatlari haqida ham xabar berildi. O‘nlab odamlar, jumladan, uch nafar bola yaralangan. To‘rt kishi halok bo‘lgan. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Biz Rossiyaning bu hujumiga albatta javob beramiz”, degan Ukraina rahbari.

Azov brigadasi shtab boshlig‘i Bogdan Krotevichga ko‘ra, tergov byurosiga katta rahbarlardan birining faoliyatini tekshirish yuzasidan ariza kiritilgan. “Ukrayinska pravda” manbalari so‘z yuritilayotgan shaxs Sodol ekanligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yuriy Sodol 2014 yildan beri Ukraina sharqida jang qilmoqda. 2018-2024 yillarda Harbiy-dengiz kuchlari dengiz piyodalari korpusi qo‘mondoni bo‘lgan. U 2024 yilning fevralida Birlashgan kuchlar qo‘mondoni etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy qo'mondon Yuriy Sodol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing