Zelenskiy Ukrainada ingliz tilining maqomini mustahkamlaydigan qonunni imzoladi

Olam

image

Ukrainada bundan buyon ingliz tilini bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatish talab etiladi. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan mamlakatda ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonunda so‘z boradi.

Mazkur hujjat ingliz tilining Ukrainadagi xalqaro muloqot tillaridan biri sifatida maqomini mustahkamlaydi. U Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyada xalqaro muloqot tili sifatida ishlatilishi mumkin. Davlat ingliz tilini majburiy o‘rganishni ta’minlashi va ta’lim muassasalarida xalqaro muloqotning boshqa tillarini o‘rganishga ko‘maklashishi kerak. Xususan, qonun bolalar bog‘chalarida katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tilini majburiy o‘rganishni ta’minlashni talab qiladi.

Bundan tashqari, hujjat nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini belgilaydi. Ular orasida ayrim toifadagi mansabdor shaxslar, harbiy xizmatchilar, prokurorlar, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va o‘qituvchilari bor. Ingliz tilini biladigan davlat xizmatchilariga ish haqi 10 foizga oshiriladi.

Ukrainada ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasi o‘tgan yozda mamlakat hukumati tomonidan tayyorlangan va Vladimir Zelenskiy tomonidan parlamentga taqdim etilgan edi. Oliy Rada uni 4 iyun kuni tasdiqladi.

Dastlab, qonun loyihasida 2027 yildan boshlab barcha ingliz tilidagi filmlar Ukraina kinoteatrlarida asl tilda ukraincha subtitrlar bilan namoyish etilishi kerak bo‘lgan qoida mavjud edi. Jamoatchilikning noroziligi tufayli mazkur band loyihadan chiqarib tashlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy ingliz tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing