Zelenskiy Ukraina qo‘shinlaridagi yo‘qotishlar qanchaligini ochiqladi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini hozircha ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda u kecha, 25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Zelenskiy Rossiya Prezidenti bilan suhbati haqida gapirdi. U 2019 yilda Putin bilan uchrashgan. Zelenskiyning aytishicha, o‘shanda tomonlar Minsk kelishuvlari, tabiiy gaz yetkazib berish va asirlarni almashish masalalarini muhokama qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning takliflari 20 yil davomida muzlatilgan mojaro holatida qolishni anglatadi, bu esa urush tugamaganidan dalolat beradi.

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, hozirda u Putin bilan tinchlik bo‘yicha muloqot qilish uchun zarur shartlarni ko‘rmayapti.

“Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishning hamon imkoni yo‘q, chunki u hech kimni yoki hech narsani eshitishni istamaydi”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiyga ko‘ra, jang maydonidagi vaziyatning rivojlanishi, xususan, yo‘qotishlar masalasi Ukrainaning hamkorlari va ularning yordamiga bog‘liq. 

Shuningdek, u Ukraina bu urushda mag‘lub bo‘lmayotganini ta’kidladi. Zelenskiy Ukrainaning “g‘alaba qozonishdan boshqa iloji yo‘qligini” ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan beri Ukraina qo‘shinlarining yo‘qotishlari 31 ming kishini tashkil qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlarni yaradorlar va bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kirita olmaydi.

Zelenskiy Ukrainaning NATOga kirishi masalasidan  ham gap ochdi. Unga ko‘ra, bu masalada asosiy so‘z AQSH va Germaniyaga tegishli. Zelenskiy Ukrainani NATOga taklif qilishda hech qanday xavf-xatar ko‘rmayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Zelenskiy Turkiya don yo‘lagini kengaytirish uchun Nikolayev viloyati portlarini blokdan chiqarishga diplomatik darajada yordam berishiga umid bildirdi. 

“Yangi don kelishuviga kelsak, men Prezident Erdo‘g‘anga aytganimdek, biz bu yo‘laklarni kengaytirish tarafdorimiz. Agar qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘lsa, biz minnatdor bo‘lamiz, lekin hozir ishlayotgan narsaga muqobil variant qidirmayapmiz”, deydi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ukraina donini jo‘natish uchun Nikolayev portini ochishda Ukrainaga yordam bera olishiga ishonch bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing