Zelenskiy uchrashuv joyi masalasida Putin bilan pachaklashmoqchi emas

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istashini aytib, uchrashuv joyi muhim emasligini ta’kidladi. Bu haqda "Financial Times" xabar bergan.

Gazetaga ko‘ra, Ukraina rahbari Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqchi.

Zelenskiyning nashrga bergan intervyusida aytishicha, unga uchrashuvning "qayerda o‘tkazilishi" qiziq emas.

"Hamma gap tarkibda", degan Ukraina Prezidenti.

Ta’kidlanishicha, Zelenskiy Rossiya rahbarining birinchi navbatda Ukraina Prezidenti "Donbass separatistlari rahbarlari" bilan muzokaralar olib borishi kerakligi haqidagi talabiga rozi bo‘lmaydi.

"Terrorchilar bilan gaplashish niyatim yo‘q va bu mening maqomimda bu imkonsizdek ko‘rinmoqda", degan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni harbiy harakatlar ketayotgan Donbassda uchrashishga taklif qilgandi.

Putin bunga javoban har qanday qulay vaqtda ikki tomonlama munosabatlarni Moskvada muhokama qilishga tayyorligini e’lon qilgandi.

Keyinchalik, Ukrainaning sobiq Prezidenti, Donbassdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhidagi Ukraina delegatsiyasining amaldagi rahbari Leonid Kravchuk Zelenskiy Moskvaga bormasligini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabat sovuqlashib bormoqda. Bunga bir tomondan Ukrainaning NATO harbiy blokiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlari, ikkinchi tomondan esa Rossiyaning bevosita Ukraina bilan chegarasiga 100 mingdan oshiq qo‘shin to‘plagani sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing