Zelenskiy Turkiyaning ba’zi xatti-harakatlarini adolatsizlik deb atadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir vaqtning o‘zida Ukrainaga yordam ko‘rsatayotgan va rossiyalik sayyohlarga mezbonlik qilayotgan Turkiyaning harakatlarini ikki tomonlama standartlar deb atadi. Bu haqda u Gretsiyaning ERT jamoat televideniyasiga bergan intervyusida ta’kidladi, deya RBK xabar berdi.

“Bir tomondan Turkiya vositachi bo‘lib, Ukrainani muhim qadamlar bilan qo‘llab-quvvatlasa, boshqa tomondan, masalan, bir vaqtning o‘zida turistik yo‘nalishlar tayyorlanayotganini ko‘ramiz. Ayniqsa, Rossiya turizmi uchun”, deydi Zelenskiy.

Uning fikricha, Turkiya va Ukraina do‘stona munosabatlarga ega bo‘lishni istasa, bunday bo‘lmasligi kerak.

“Bunchalik hal qila olmaysiz, bu ikki tomonlama standartlar. Bu adolatsizlik”, deydi Ukraina rahbari. Zelenskiy turk hukumatini tanlov qilishga chaqirdi.

U, shuningdek, Ukrainani Gretsiya xalqi qo‘llab-quvvatlashini va buning uchun minnatdor ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri Turkiya bir necha bor muzokaralarda vositachi bo‘lishga uringan. 29 mart kuni Moskva va Kiyev delegatsiyalari Istanbulda uchrashib, u yerda Ukraina tomoni NATOga a’zo bo‘lish o‘rniga o‘z xavfsizligini ta’minlashning yangi sxemasini taklif qildi. Unga ko‘ra, Turkiya Ukraina xavfsizligi kafolati bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishi kerak edi.

20 aprel kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Anqara Ukraina xavfsizligining kafiliga aylana olmasligini, chunki Kiyev qanday kafolatlar olishni istayotganini hali tushunmaganini aytdi. Keyinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida u Ukraina xavfsizligining kafolati sifatida ishlashga umuman ijobiy munosabatda ekanligini aytdi .
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing