Zelenskiy Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish qobiliyatiga shubha qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donald Tramp AQSH prezidenti sifatida Ukrainadagi mojaroni hal qila olishiga shubha qilmoqda. Bu haqda u kecha, 13 may kuni Italiya ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intevyusida aytib o‘tdi.

"Sizga eslatmoqchimanki, Tramp har qanday holatda ham prezident edi. Men u bilan uchrashganman. O‘shanda men ham prezident teran o‘ylaganiga ishonchim komil emas”, degan Zelenskiy, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, mojaroni hal qilish istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.

Shuningdek, Zelenskiy Trampni hech narsada ayblamaganini ta’kidlagan. Biroq, u darhol faktlarga qarash kerakligini qo‘shimcha qilgan.

“Shuning uchun men AQSHning Prezidenti kim bo‘lishi haqida hech narsa deya olmayman, birinchidan, bu AQSH xalqiga bog‘liq, ikkinchidan, Donald Tramp bu vaziyatda yordam bera oladimi, degan savol hali ham ochiq turibdi” deya xulosa qilgan Ukraina rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Tramp prezident bo‘lsa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qilishini bir necha bor aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. 25 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden oliy hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini ma’lum qildi. Tramp esa 2022 yil noyabridayoq prezidentlik poygasiga kirishishin e’lon qilib bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing