Ukraina NATOga qo‘shiladi yoki yadroviy qurolga ega bo‘ladi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan avvalroq suhbatda Ukrainani himoya qilish uchun NATO a’zoligiga muhtojligini aytgan edi. Bu haqda Zelenskiy bugun, 17 oktyabr kuni Yevropa kengashining Bryusseldagi yig‘ilishidan keyingi yakuniy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tramp bilan suhbat chog‘ida Zelenskiy Rossiya Budapesht memorandumining kafolati ekanini, unga ko‘ra, yadro qurolidan voz kechishi evaziga Ukrainaga hududiy yaxlitlik va suverenitetni himoya qilish va’da qilinganini ta’kidlagan. Biroq, bu Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush boshlashiga va uning hududlarini bosib olishiga to‘sqinlik qilmadi.

"Bu yirik davlatlardan, bu yadroviy kuchlardan qaysi biri jabr ko‘rdi? Hammasi? Yo‘q, faqat Ukraina. Kim yadroviy quroldan voz kechdi? Hamma? Yo‘q, faqat Ukraina. Bugun kim jang qilmoqda? Ukraina. Va shuning uchun bizda shunday. Donald Tramp bilan suhbatda men unga shunday dedim:
“Yechim nima? Ukrainada yadro quroli bo‘ladi, bu biz uchun himoyadir, yoki bizda qandaydir ittifoq bo‘lishi kerak. Biz bugun NATOdan boshqa samarali ittifoqlarni bilmaymiz”, deya Tramp bilan sentyabrdagi suhbati tafsilotlarini ma’lum qildi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina yadro qurolidan ko‘ra NATOni tanlaydi va Tramp buni eshitib, shunday javob bergan:

 "Sizda adolatli dalillar bor"

Ma’lumot uchun, 27 sentyabr kuni Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp Ukraina Prezidentining Amerika safari yakunida Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmono‘par binosida uchrashdi. Bu ularning besh yil ichida birinchi shaxsiy uchrashuvi edi. 40 daqiqa davom etgan suhbat davomida Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni tugatishini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina yetakchisi bilan suhbatidan so‘ng Tramp ikkala tomon ham “adolatli kelishuv”ni istashlarini ta’kidladi.

“Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi, o‘zingizga ma’lumki, men Prezident Putin bilan ham juda yaxshi munosabatdaman va o‘ylaymanki, agar biz (Respublikachilar partiyasi) g‘alaba qozonsak, hammasini juda tez hal qilamiz”, dedi Tramp uchrashuv oldidan jurnalistlarga.

Zelenskiyning Trampning Ukraina bilan munosabatlari Rossiya Federatsiyasiga qaraganda yaxshiroq degan so‘zlariga javoban AQSHning sobiq prezidenti shunday javob berdi:

"Tango uchun ikki kishi kerak"

Donald Tramp Ukrainaga oid rejalarini oshkora e’lon qilmagan, biroq saylovoldi kampaniyasi davomida bu boradagi savollardan qocha olmadi. Respublikachi, agar u qayta saylansa, "urushni tugatishi"ni bir necha bor ta’kidlagan, buni aniq qanday rejalashtirayotgani tafsilotlarini oshkor etmagan. Avvalroq u Ukrainaga moliyaviy yordamni to‘xtatish niyati haqida ham gapirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Tramp Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing