Zelenskiy Rossiya hujumlari ortidan Ukrainada qancha odam elektrsiz qolayotganini ochiqladi

Olam

image

Ukrainada 4,5 milliondan ortiq odam elektrsiz qolmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Bugun kechqurun Kiyev va oltita viloyatda elektr ta’minotidagi barqarorlashtiruvchi uzilishlar davom etmoqda. 4,5 milliondan ortiq iste’molchi elektr energiyasidan mahrum. Eng ko‘p hozir – Kiyev va Kiyev viloyatida. Bu haqiqatan ham qiyin”, deydi Ukraina rahbari.

Zelenskiy shu haftada energetika sohasidagi vaziyatning ehtimoliy variantlari bo‘yicha rasmiylar va energetika kompaniyalari vakillari bilan bir nechta maxsus uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirayotganini, har bir ssenariy batafsil ko‘rib chiqilayotganini va javob choralari tayyorlanayotganini aytdi.

“Terrorchilar nimani xohlamasinlar, nimaga intilmasinlar, biz bu qishdan o‘tishimiz va bahorda hozirgidan ham kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Butun hududimizni ozod qilishga hozirdan ko‘ra ko‘proq tayyor bo‘lish zarur”, deydi Ukraina Prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralarni juda samarali deb atadi. Unda Ukrainaning energetika infratuzilmasini tiklash uchun yordam ajratish ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing