Zelenskiy Putinni saylovlarga aralashishga urinishda aybladi
Olam
−
20 dekabr 3368 2 daqiqa
Zelenskiy Putinni nafaqat Rossiyada, balki Ukrainada ham saylov jarayonini nazorat qilishga urinishda aybladi. Bu haqda u kecha, 19 dekabr kuni Polshaning PAP agentligi jurnalistlari bilan suhbatda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskva Ukrainada saylovlar o‘tkazilgan taqdirda xavfsizlikni ta’minlash masalasini “ko‘rib chiqishga tayyor” ekani haqidagi bayonotiga izoh berar ekan aytdi.
Ma’lum qilinishicha, Ukraina qonunlari harbiy holat davrida saylovlarni, jumladan, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taqiqlaydi. Urush paytida Ukrainada 2023 yilga belgilangan parlament saylovlari yoki 2024 yilga belgilangan prezidentlik saylovlari o‘tkazilmagan.
Shu fonda Rossiya rasmiylari va davlat ommaviy axborot vositalari hozirgi Ukraina hukumatining noqonuniyligi haqidagi da’volarni tarqatmoqda.
Joriy yilning 9 dekabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp “Politico” nashriga bergan intervyusida Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish “vaqti keldi”, deb hisoblashini aytgan. O‘sha kuni Zelenskiy agar AQSH va Yevropa mamlakatlari xavfsizlikni ta’minlasa, 60-90 kun ichida saylovlarni tashkil qilishga tayyorligini bildirgan.
Ukraina Prezidenti bundan oldin ham mamlakatda prezidentlik saylovlari davomida sulh tuzishni taklif qilgan.
Zelenskiy Putinning Ukrainada saylovlar bo‘lib o‘tgan taqdirda ularning xavfsizligini ta’minlashga “tayyor” ekani haqidagi bayonotiga izoh berdi.
“Biz hech kim tomonidan nazorat qilinishiga rozi bo‘lmaymiz”, deydi Ukraina Prezidenti.
Qayd etish joiz, bungacha Rossiya Prezidenti agar Ukrainada saylovlar o‘tkazilsa, Moskva saylov kuni harbiy zarbalar berishni cheklashi mumkinligini bildirgan. Shu bilan birga, Putin Rossiya hududida yashayotgan ukrainaliklarga ham ovoz berish imkoniyati berilishi kerakligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi