Zelenskiy Putinga tahdid qildi
Olam
−
13:23 5299 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushida hal qiluvchi bosqich endi havo maydonida kechayotganini aytib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tahdid qildi. Bu haqda u “Financial Times” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Zelenskiyga ko‘ra, Ukraina frontdagi pozitsiyalarini saqlab qolmoqda, shuningdek, Rossiyaning dengizdagi imkoniyatlarini cheklashga erishgan.
“Bu qarama-qarshilikda endi qaysi tomonning hududi kattaroq ekaniga bog‘liq emas. Biz havo makoniga o‘tdik va havoda raqobatbardoshmiz”, degan u.
Shuningdek, Zelenskiy Ukrainaning eng katta zaif nuqtasi havo hujumidan mudofaa tizimi ekanini tan olgan. Shunga qaramay, uning ta’kidlashicha, mamlakat urushda g‘alaba qozonish imkoniyatini saqlab qolmoqda.
U Moskva va Sankt-Peterburgga uyushtirilayotgan keng ko‘lamli dron hujumlarining psixologik ta’siri hamda Rossiyadagi iqtisodiy muammolar oxir-oqibat Vladimir Putinning urushni davom ettirish borasidagi qarorini zaiflashtirishini aytgan.
“Moskvaga yuzta emas, mingta dron uchib borganda, u tushunadi. Buni shaxsan his qilganda va o‘z ko‘zi bilan ko‘rganda, maslahatchilari uni Ural ortiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndira boshlaydi. Putin Moskvadan qanchalik uzoqlashsa, urush yakuni shunchalik yaqinlashadi”, degan Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaning so‘nggi ommaviy havo hujumidan so‘ng Patriot havo mudofaa tizimlari uchun raketalar tanqisligi sabab Rossiyaning ballistik raketalarini urib tushirish qiyinlashganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi