Zelenskiy Prezident sifatida qasamyod qabul qildi
Olam
−
20 may 2019
4046Bugun, 20 may kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina Prezidenti sifatida saylangani munosabati bilan Oliy Radada qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda TASS nashri xabar tarqatdi.
“Ukraina suvereniteti va mustaqilligini barcha ishlarda himoya qili, Vatan ravnaqi va Ukraina xalqi farovonligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinlarini himoya qilish, Ukraina Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish, barcha yurtdoshlar manfaati yo‘lida o‘z majburiyatlarimni bajarish va Ukrainaning jahondagi mavqeini oshirishga vada beraman”, deb aytib o‘tgan Vladimir Zelenskiy o‘z qasamyodida.
Marosim Ukraina davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Markaziy saylov komissiyasining raisi Tatyana Slipachuk Zelenskiyyning g‘alabasini tasdiqlovchi saylov natijalarini yana bir bor e’lon qildi.
LiveBarchasi