Zelenskiy Polshaga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Polshaga bordi. Bu haqda Ukraina rahbari matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi.

“Ukraina Prezidenti va Birinchi xonimning Polshaga rasmiy tashrifi boshlandi. Vladimir Zelenskiyning tashrifi dasturiga Prezident Anjey Duda, Bosh vazir Mateush Moravetskiy bilan muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kiritilgan”, deb yozgan u Facebook'dagi sahifasida.

Nikiforovning ta’kidlashicha, Zelenskiy Ukraina-Polsha biznes-forumi doirasida Polsha biznesi vakillari va Ukraina bilan chegaradosh shaharlar merlari bilan ham uchrashadi. Bundan tashqari, polyaklar va ukrainaliklarga murojaat bilan chiqishi ham kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing