Zelenskiy NATOni Ukrainaning eski metrosi turniketiga qiyosladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 29 iyun kuni Madriddagi NATO sammitida videokonferensaloqa orqali so‘zlagan nutqida Ukrainani alyansga qabul qilmagani uchun a’zo mamlakatlarni qoraladi. 

“Bizga nima kerakligini ayta olaman: bizga xavfsizlik kafolatlari kerak va siz umumiy xavfsizlik makonida Ukraina uchun joy topishingiz kerak”, deydi u. 

U so‘zida davom etarkan, NATOning faoliyatini Ukrainaning eski metrosi turniketiga qiyosladi. 

“NATOning ochiq eshiklar siyosati eski Kiyev metrosining turniketlariga o‘xshamasligi kerak: ular ochiq, kirsangiz, to‘lov qilmasangiz turniketlar yopiladi. Ukraina kam badal to‘ladimi? Ham Yevropani, ham butun sivilizatsiyani himoya qilishga qo‘shgan hissamiz hali ham yetarli emasmi? Xo‘sh, yana nima kerak?”, deydi Zelenskiy. 

U kelajakda vaziyat yanada yomonlashishini ham bashorat qilgan. 

“Kelgusi yilda vaziyat bundan ham yomon bo‘lishi mumkin, Rossiya nafaqat Ukrainani, balki qo‘shni davlatlarni ham o‘qqa tutadi. Shu bois, Ukraina Prezidentining fikricha, alyans oldida ikkita yo‘l bor: yo g‘alaba uchun yetarli bo‘lgan Ukrainaga shoshilinch yordam, yoki Rossiya va NATO o‘rtasidagi keyinga qoldirilgan urush”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy yana NATOni Ukrainani nafaqat qurol-yarog‘ bilan, balki moliyaviy, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar bilan ham qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

“Bizga qurol berib, Rossiyaning taktikasini butunlay buzib tashlashingiz mumkin. Bu asosiy narsa. Kiyevdan Madridgacha bo‘lgan masofa bizga qarshi qo‘llanilgan raketalarning masofasidan ham kamroq. Bir davlat hamkorlar yordamisiz bunday tahdidga qanday javob berishi mumkin? Siz ushbu yordamni taqdim etishingiz mumkin”, deydi Zelenskiy. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy NATO sammiti

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing