Zelenskiy ma’muriyati rahbarining o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
04 Sentabr
5052Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z idorasi rahbari o‘rinbosari Rostislav Shurmani lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzoladi.
U 2021 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Rostislav Shurma 1983 yilda Lvovda tug‘ilgan. Kiyev Milliy iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyot nazariyasi”, shuningdek, “Kiyev-Mogila akademiyasi” Milliy universitetining “Iqtisodiyot va tadbirkorlik” fakultetini tamomlagan.
- 2003 yildan buyon Procter & Gamble va Boston consulting group limited xalqaro kompaniyalarida ishlagan. 2006 yildan Metinvest guruhida ishlagan.
- 2007 yildan buyon “Makiiv metallurgiya zavodi” YOAJ moliyaviy direktori lavozimida ishlagan.
- 2012-2019 yillarda “Zaporijstal metallurgiya zavodi” OAJ bosh direktori lavozimida ishlagan.
- 2021 yilning mart oyidan Ukraina Prezidenti devonida maslahatchi lavozimida ishlagan.
- 2021 yil 23 noyabrda u Ukraina Prezidenti devonining rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, Bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina hamda Ukraina Bosh vazir o‘rinbosari, reintegratsiya vaziri Irina Vereshuk iste’foga chiqdi. Stefanishina 2020 yildan, Vereshuk esa 2021 yildan beri shu lavozimlarda ishlab kelayotgandi.
“Ukrainskaya pravda” manbalariga tayanib, Shurmaning o‘rniga Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari lavozimiga Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin tayinlanishi mumkinligini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ruslan Strelets, Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin, Adliya vaziri Denis Malyuska, Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Vitaliy Koval va Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqish uchun ariza yozgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi