Zelenskiy Lvovga bordi (fotoreportaj)
Olam
−
11 yanvar 2023
8008Bugun, 11 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning g‘arbida joylashgan Lvov shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident shaharda halok bo‘lgan ukrainalik harbiylar xotirasiga hurmat bajo keltirgan. Marosim Lichakov qabristonining Mars maydonida bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, Zelenskiy Lvovga ish safari chog‘ida davlat chegarasi qo‘riqlanishini ta’minlash holati va Ukrainaning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida mavjud xavfsizlik holati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi yig‘ilish o‘tkazgan.
Xususan, yig‘ilishda Belarus bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilingan. Bundan tashqari, Zelenskiy yig‘ilishda tegishli hududlardagi aksil-sabotaj tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlarni tinglagan.
“Biz chegara hududlarida hozircha hech narsa ko‘rmayapmiz, lekin chegarada ham, hududlarda ham tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Vladimir Zelenskiy.
Xususan, davlat rahbari chegaradagi holat, Belarus bilan chegaradosh hududlardagi chegarachilar va harbiy xizmatchilarning moddiy ta’minoti to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakat Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sida ishtirok etayotganini, biroq Belarusga zarba berilishining oldini olish maqsadida o‘z harbiylarini yubormayotganini aytgan edi.
LiveBarchasi