Zelenskiy kutilmaganda Saudiya Arabistoniga bordi (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 26 mart kuni oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Tashrif davomida Zelenskiy Makka gubernatori o‘rinbosari shahzoda Saud bin Mish’al bin Abdulaziz bilan uchrashgan. Uchrashuv hashamatli, oltin va kumush bezaklar bilan jihozlangan zalda bo‘lib o‘tgan.

“Oldinda muhim uchrashuvlar bor. Biz qo‘llab-quvvatlovni qadrlaymiz va xavfsizlik yo‘lida biz bilan ishlashga tayyor bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya yozgan Zelenskiy.

Tashrifdan avval u Yaqin Sharq, xususan Fors ko‘rfazi davlatlariga Ukraina dron texnologiyalari xavfsizlikni kuchaytirishda foydali bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, energetika xavfsizligi va ayniqsa Yevropadagi hayot darajasi ko‘p jihatdan ushbu mintaqadagi neft, gaz va boshqa resurslarga, shuningdek global bozorlardagi barqarorlikka bog‘liq.

Zelenskiy, shuningdek, zamonaviy urushda faqat yangi qurol ishlab chiqarish emas, balki ularni amalda qo‘llash tajribasi ham muhim ekanini qayd etgan. Uning aytishicha, Ukraina dronlardan foydalanish, ularni radarlar, aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan uyg‘unlashtirish borasida katta tajribaga ega.

Prezident buning evaziga Yaqin Sharq davlatlaridan yordam kutayotganini ham bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun ayrim raketalarga muhtoj va bu masalada hamkorlik qilishni xohlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim Ukraina kompaniyalariga Fors ko‘rfazi davlatlari tomonidan dronlar bo‘yicha hamkorlik takliflari allaqachon berilgan, biroq hozircha bu takliflar Kiyev hukumati tomonidan to‘liq ma’qullanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Vladimir Zelenskiy Makka Saud bin Mish'al bin Abdulaziz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing