Zelenskiy Kissinjerning Rossiyaga yon berish chaqirig‘iga keskin munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH sobiq davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Genri Kissinjerni rasmiy Kiyevni Rossiyaga hududlarni berishga chaqirgani uchun tanqid qildi. Zelenskiyning fikricha, sobiq davlat kotibining pozitsiyasi Ikkinchi jahon urushi arafasidagi vaziyatni eslatadi.

“Masalan, Davosda janob Kissinjer chuqur o‘tmishdan chiqib, go‘yoki Rossiyaga Ukrainaning bir bo‘lagini berish zarurligini aytdi... Aftidan, janob Kissinjer kalendarida  2022 yil emas, 1938 yildek. Va u Davosda emas, balki o‘sha paytdagi Myunxenda tinglovchilar bilan gaplashyapman, deb o‘yladi”, deydi Ukraina Prezidenti.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya davlati nima qilishidan qat’iy nazar: Ukrainaga uchirilgan minglab rus raketalari, o‘n minglab o‘lik ukrainaliklar, Bucha va Mariupolga, vayron qilingan shaharlarga yoki Rossiya davlati tomonidan qurilgan o‘ldiradigan, qiynoqqa soladigan, zo‘rlaydigan va tahqirlaydigan “filtrlash lagerlari”ga qaramasdan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlarini himoya qiladiganlar topiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 23 may kuni Genri Kissinjer Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida G‘arb davlatlari Rossiyaning Yevropa uchun ahamiyatini yodda tutishi va “bir lahzalik kayfiyat”ga berilmasliklari kerakligini aytdi. Kissinjer, shuningdek, G‘arb Ukrainani Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanishidan oldin nazorat qilgan hududlarni saqlab qolishni o‘z ichiga olgan shartlar asosida tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lishga majburlashga chaqirdi.

“Muzokaralar yaqin ikki oy ichida, ularni yengib o‘tish oson bo‘lmagan to‘ntarishlar bo‘lishidan oldin boshlanishi kerak”, deydi Kissinjer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning 2022 yilgacha Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olishga urinishlari “Ukraina ozodligi uchun kurash emas, balki Rossiyaning o‘ziga qarshi yangi urush” bo‘ladi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing